
Ter Shtegenning “Barsa”dagi davri tugadi
“Barselona” darvozasini 2014 yildan beri qo‘riqlab kelgan Mark-Andre ter Shtegen jarohatini davolatib qaytganidan keyin boshqa jamoaga o‘tishi kutilyapti.
TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 33 yoshli golkiperni tezroq sotib yuborish yo‘llarini qidirmoqda. Sababi, yozda olingan Joan Garsiyaning o‘yinlari klub rahbariyati va murabbiylar shtabini to‘liq qoniqtirmoqda. 24 yoshli yangi posbon o‘zi ishtirok etgan oltita uchrashuvdan teng yarmida davrozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Manbaga ko‘ra, Mark-Andre ter Shtegenning Angliya Premer-ligasining badavlat klublari – “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Nyukasl Yunayted” o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Ularning bari nemis darvozabonini yanvar oyida keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Ter Shtegen Kataloniyaga kelganidan beri “Barselona” darvozasini jami 422 ta uchrashuvda qo‘riqladi. Jamoa bilan olti martadan Ispaniya chempioni va mamlakat kuyuogi sohibi bo‘ldi, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar