
Tennischilarimiz Rossiyaga yo‘l oldi
Rossiyaning Moskva shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda uch nafar hamyurtimiz - Jo‘rabek Karimov, Sanjar Fayziev va Sergey Fomin ishtirok etmoqda.
Mazkur turnirning yakkalik bahslariga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, S.Fayziev ilk davrada rossiyalik A.Kachmazov bilan kuch sinashsa, J.Karimov esa boshqa bir rus tennischisi Aleksandr Igoshinga qashi kortga chiqadi. Shuningdek, S.Fomin ushbu bosqichda yana bir mezbonlar vakili Savriyan Danilovni sinovdan o‘tkazadi.
Tennischilarimiz yakkalik bahslaridagi ishtirokini bugun Toshkent vaqti bilan 12:00 dan so‘ng o‘tkazadilar.
Fikrlar