Temur Kapadze "Neftchi" ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yiniga tashrif buyurdi

  • 13 fevral, 17:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yanvar oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sababli o‘z lavozimini tark etgan edi. Uning vazifasini esa yoshlar terma jamoasini Olimpiya o‘yinlarga olib chiqqan Temur Kapadze davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Terma jamoa murabbiyi bugun Antaliyadagi o‘rtoqlik o‘yiniga tashrif buyurdi. Mazkur bellashuvda Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Gruziyaning "Kolxeti" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, "Neftchi" tarkibida terma jamoamizning uch futbolchisi to‘p tepmoqda: Botirali Ergashev, Farruh Sayfiev va Jamshid Iskanderov. Bu ro‘yxatga jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Bobir Abdixoliqov ham qo‘shilishi mumkin.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!