Tashqi tomondan urilgan gol haqida: buni mo‘’jizaga qiyoslash mumkin yoxud Baxtiyor Ashurmatov qanday vaziyatda feyr-pleyga amal qilishini aytdi

  • 9 aprel, 2021, 20:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan  “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” (0:2) o‘rtasidagi o‘yin ham yana muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Chunki o‘yinda kiritilgan birinchi gol darvozaning tashqi tomonidan kirib ketdi. Uchrashuvdan keyin qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bu borada shunday dedi:

Tecno

- Birinchi golga fikringizni bildirsangiz.

- Gapning ochig‘i, buni mo‘’jizaga qiyoslash mumkin. Qayta-qayta ko‘rgandan keyin ham aniqlashtirish qiyin bo‘lyapti. Hozir yana takroran ko‘rganimizda, to‘p tashqi tomondan kirganga o‘xshayapti. O‘yin paytida xulosa chiqarish qiyin edi. O‘sha vaziyatda futbolchimiz ham gol bo‘ldi, deb hisobladi. Goldan keyin mezbonlar e’tiroz bildirishdi. Ammo atayin o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuborish noto‘g‘ri bo‘lardi. Mana, endi takroran o‘sha golni ko‘rib chiqyapmiz. Yana qaytaraman, bu kabi golni mo‘’jizaga qiyoslash mumkin. Yigitlarimiz bugun o‘z mehnatlari bilan g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatishdi. O‘ylaymanki, haqqoniy g‘alabaga erishdik.

- Zarba bergan Meliev edi. U gol deyaptimi?

- O‘yin paytida undan so‘raganimda gol, dedi. O‘zim birinchi bor ko‘rganimda ham golga o‘xshab tuyuldi. Buni yana ko‘rib chiqamiz. Birgina o‘sha golga to‘xtalib olishimiz ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Hakam o‘sha vaziyatda tezkor qaror chiqarishi kerak edi, balki adashgandir. Biz buni telefon orqali ko‘rgandik. Endi kattaroq ekranda ko‘ramiz. Lekin darvoza setkasi butun bo‘lsa, to‘pning qanday qilib kirib ketgani ham hayron qoladigan vaziyat. O‘ylaymanki, bu holat uchun jamoamiz aybdor emas. Futbolchilarimiz o‘z ishini qildi, halol futbol o‘ynadi va halol mehnat qildi. Agar bu xato orqali gol bo‘lgan bo‘lsa, unda “Mash’al” jamoasiga achinaman va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Baribir bugun o‘yin bo‘yicha jamoamiz kuchliroq edi.

- Qanot hakami va Mo‘min Melievga necha bahodan qo‘ygan bo‘lardingiz?

- Melievga bugungi o‘yini uchun besh baho qo‘yaman. Qanot hakamiga baho qo‘yish mening zimmamga kirmaydi. Chunki men o‘z futbolchilarimning o‘yini, kamchiliklari va jamoamiz natijasiga javob beraman. Bugun muxlislarimiz shuncha yo‘l bosib kelishdi. O‘yindan avval, yigitlarimizga uchta durangdan keyin bugun g‘alaba qozonishimiz muhimligini ta’kidladim. “Mash’al” mehnatkash va oxirigacha kurashadigan jamoa. Ko‘plab o‘yinchilari ketgan bo‘lishiga qaramay, har bir jamoaga muammo tug‘diradi. Bizning maqsadimiz muxlislarni g‘alaba bilan xursand qilish edi va bunga mos o‘ynadik. Agar o‘sha birinchi gol xato tufayli kiritilganiga 100 foiz ishonchim komil bo‘lganida, balki feyr-pleyga amal qilib, o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib, o‘yinni 1:1 dan davom ettirishimiz mumkin edi. Lekin boshqalar o‘sha vaziyatni takror-takror ko‘rib kelib, menga aytishyapti, ammo men kimnidir gapiga ishonib, xulosa chiqarishim qiyin edi. Noto‘g‘ri gol urilgan bo‘lsa ham, yigitlarimizning mehnatini kamaytirmasligi kerak. Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman, ular katta hajmdagi ishni bajarishdi.

- O‘sha gol urilgan paytda Xomyakov bilan Vaniev oldingizga kelib, o‘z fikrlarini aytishdi. O‘shanda nimalar deyishdi?

- O‘zimizning o‘zaro gapimiz. Avvaliga Xomyakov qizishib, gol o‘tkazib yuboringlar, degandek gapirdi. Ammo kimningdir gapiga ishonib, qanday xulosaga kelishim mumkin edi? Agar atayin gol o‘tkazsak, bu ham yana ortiqcha gap-so‘zlarga imkon yaratib berardi. Shu bois, o‘shanda qandaydir aniq qaror chiqarishim qiyin edi. Agarda o‘yinchimiz simulyatsiya qilib, atayin penalti ishlaganida, men unga feyr-pleyga amal qilishini aytib, gol urmagin, degan bo‘lardim. Ammo meni Xomyakov tushundi. “Mash’al” rahbari Ilhom Qurbonov ham bizga e’tiroz bildirmadi. O‘sha holatda yana qaytaraman, aniq qarorga kelishim oson emasdi. Muxlislarning gap-so‘zlaridan qaror chiqara olmasdim. Hakamga baho berishni iltimos qilyapsizlar, ammo qo‘mita bor, ular ko‘rib chiqishadi. Xato qilgan bo‘lsa, shunga yarasha jazosini oladi. Biz murabbiylar va futbolchilarga o‘xshab hakamlar ham xatolarini kamaytirishi va o‘z ustida ishlashlari kerak. Shunda O‘zbekiston futboli rivojlanadi.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishdi. Bu oldindan o‘ylagan rejamidi?

- Mehmonda o‘ynab turganimizni hisobga olib, bitta hujumchini tushirishga qaror qildik. Nimaga Mo‘min Meliev? U bir necha yillar davomida “Mash’al”da o‘ynagan. Uni sobiq klubi va muxlislariga mehri baland. Melievda imkoniyat bo‘ladi va gol uradi, degan umid bor edi. Ha, gol kiritdi, ammo bu qanday urilgani endi ikkinchi masala. U yaxshi hajmdagi ishni bajardi. Shoxnazar Norbekovni zaxirada qoldirganimizni sababi avvalo biz mehmonda o‘ynaganimizdir. Qolaversa, oxirgi paytlarda unda golli vaziyatlar kam bo‘layotgandi. Shu bois uni zaxiradan maydonga tushirdik va bu o‘zini oqladi. Yakuba Bambani asosiy tarkibda tushirsak pasayish bo‘lyapti, zaxiradan qo‘shsak o‘yinni kuchaytiryapti. Ikkinchi o‘yindirki, zaxiradan tushgan yigitlar o‘yinimizni kuchaytirishyapti. “Mash’al” jamoasi va murabbiylariga omad tilayman. Muxlislari ham bizdan xafa bo‘lishmadi, degan umiddaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
09/04/2021 21:34
Kallanga hu..m sanga uhshaganlar shundae deb tursa UZB Fudboliga umuman qiziqish qolmaedi Tajribali murabiega uhshab bunga hakam oedinlik kiritadi de AHMOQ