
Superliga. "Neftchi" bugun qora an’anasiga nuqta qo‘ya oladimi?
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" bahsi bo‘lib o‘tadi. Derbiga tomonlar yaxshi holatda etib kelishmoqda. Ikkala jamoa ham turnir jadvalining yuqori pog‘onalarini egallashgan.
"Neftchi" Superliga doirasida "lochinlar"ni ketma-ket 5 ta bahsdan beri mag‘lub qila olmayapti. So‘nggi bor farg‘onaliklar 2018 yilda "Navbahor"ni 2:1 hisobi bilan taslim qilgandi. O‘sha bahsda Hakimov hisobni ochgan bo‘lsa, Nikach imkoniyatlarni tenglashtirgan. 69-daqiqada Abdulhakov g‘alaba golini urgandi.
Shundan beri bu to‘qnashuvda namanganliklar 2 marta g‘alaba qozonib, 3 bora tomonlar durangga imzo chekkan. Shu bilan birga, "Neftchi" "Markaziy" stadionidan oxirgi marta 2011 yilda 3 ochko bilan qaytgandi.
Fikrlar