Superliga. "Nasaf"ning "Metallurg"ga qarshi eng yirik g‘alabasi qanday bo‘lganini bilasizmi? (O‘zaro o‘yinlar statistikasi)

  • 12 may, 2023, 18:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” Superliganing 10-turida Bekobodga safar qiladi. "Metallurg" bilan bo‘lib o‘tishi belgilangan uchrashuv 15 may kuni soat 19:00 da boshlanadi. Ushbu juftlik 10-turni yakunlab beradi.

Tecno

"Metallurg" jamoasi bilan o‘zaro uchrashuvlardagi faktlar:

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 50 bor kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan 31 uchrashuvda "ajdarlar”, 12 o‘yinda esa bekobodliklar zafar quchgan. 7 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 82:39 ga teng. Ustunlik qarshiliklar tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – “Metallurg” 7:0, “Metallurg” – “Nasaf” 3:0.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2022 yili 12 avgust kuni Bekobodda o‘tkazgan. Bu uchrashuvda "Nasaf" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarga Oybek Bozorov va Husain Norchaev mualliflik qilgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

12.08.2022 "Metallurg" — "Nasaf" 0:2
09.03.2022 "Nasaf" — "Metallurg" 1:1
15.10.2021 "Nasaf" — "Metallurg" 1:0
23.06.2021 "Metallurg" — "Nasaf" 2:1
26.10.2020 "Metallurg" — "Nasaf" 0:2

 

Manba: "Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!