
Superliga. "Nasaf" OKMK bilan durang o‘ynab, kumush medalga ega chiqdi
O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan OKMK - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Akmal Mozgovoy 53-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Muhammadanas Hasanov muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari mavsumni ikkinchi o‘rin bilan yakunladi. OKMK esa 4-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar