Superliga. Dastlabki turdan o‘rin olgan bahs qoldirildi

  • 21 fevral, 16:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

7 mart kuni Superliganing yangi mavsumi start oladi. Bellashuvlar Sport TV hamda Futbol TV kanallari orqali teletranslyatsiya qilinadi. 

Liga hozirga qadar dastlabki ikki tur sanalariga aniqlik kiritgan bo‘lib, mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi rasmiy uchrashuvlar sanasi O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng e’lon qilinishini ma’lum qilingandi.

"Paxtakor" xalqaro maydondagi yurishini davom ettirishi aniq bo‘lgach, uning 2-turdan o‘rin olgan OKMK klubiga qarshi bellashuvi 16 mart kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, Toshkent klubi OFK Elit Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida 4 mart kuni Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Javob uchrashuvi 11 mart kuni Riyod shahrida o‘tkaziladi. 


Liga rejasiga ko‘ra, "Paxtakor" 7 mart kuni "Mash’al"ga qarshi uchrashuv bilan Superliga ilk turini boshlashi lozim edi. Biroq, "Al Sadd" bilan o‘yin yakuniga etgach, klub "Al Hilol"ga qarshi o‘yinlar rejasini ishlab chiqdi va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ligaga murojaat qilib, Superliga dastlabki turini boshqa sanaga qoldirishni so‘radi. Liga o‘tgan yilning oktyabr oyida ishlab chiqilgan taqvim rejada buning ehtimolini inobatga olgan bo‘lib, aprel oyining dastlabki sanalarini zaxira kuni sifatida belgilagandi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" klubining so‘rovi qanoatlantirildi.


Shu tariqa, Superliga yangi mavsumi 7 mart kuni OKMK — "Buxoro" o‘yini bilan start oladigan bo‘ldi. 8-9 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan "Qizilqum" — "Surxon" hamda "Xorazm" — "Sho‘rtan" uchrashuvlari neytral maydonda o‘tishi va bunda har to‘rt jamoa futbolchilarining safarda bo‘lishi inobatga olinib, o‘yin vaqtlari belgilandi. Liga vaqt belgilashda barcha uchrashuvlar jonli teletranslyatsiya qilinishi masalasini ham inobatga oldi.

Superliga 1-turi vaqtlari aniq bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
21/02/2025 17:28
Вай с....й УФА или ПФЛ.Пахтага имкон яратиш. Нимага Чет элда уйнайверадику жамоалар.
&
Qaxramonjon
21/02/2025 16:59
Кетмон учмаса кийин кетмонни калити УФА да так что Насаф чемпион булса яхши калит пахтада булсачи алло бухоро
&
Qaxramonjon
21/02/2025 16:57
Пахтакор ёмонам кучли жаоада Узбекларни айникса УФАнинг эркаси учаётган еетмонлар хам жойида котиб колади нима килса-килсин лекин ОКМКга ухшаб 9та утказиб ШАРМАНДА ЛИБОСИН КИЙМАСИН
&
Real futbol
21/02/2025 16:54
Nasaf chempion