- #FK Bunyodkor
- #FK Paxtakor
- #FK Qo‘qon-1912
- #FK Neftchi
- #FK Nasaf
- #FK Mash’al
- #Superliga
- #OKMK
- #Dinamo Samarqand
- #Navbahor FK
Superliga. Bugun "Paxtakor", "Nasaf" va "Dinamo" o‘z uchrashuvini o‘tkazadi
- 8-ноябр 2025, 13:11
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Kecha Superliganing 28-turi start oldi. Dastlabki 2 to‘qnashuvda OKMK "Navbahor" ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi (3:1). "Neftchi" esa "Buxoro" bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bugun esa Superligada 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Dastlab, soat 16:00’da Kamoliddin Tojiev boshqaruvidagi "Paxtakor" Farg‘onada "Qo‘qon-1912" mehmoni bo‘ladi. Keyin esa 17:00’dan boshlab turning markaziy to‘qnashuvi start oladi. "Bunyodkor" "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Shuningdek, chempionlik poygasida ishtirok etayotgan "Nasaf" o‘z uyida "Mash’al"ni qabul qiladi. Bu to‘qnashuv esa Toshkent vaqti bilan 18:15’da boshlanadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q