Superklub birdaniga “Barsa”ning ikki o‘yinchisini olib ketadi

  • 24 noyabr, 2024, 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” kelasi mavsum oldidan himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Londonliklar bu borada “Barselona”ning ikki o‘yinchisi xizmatidan foydalanmoqchi.

Tecno

- “Aristokratlar” nishoniga kataloniyaliklarning ikki himoyachisi Jyul Kunde va Ronald Arauxo tushgan, - deb xabar tarqatdi futbolga ixtisoslashgan TBR Football nashrii.

“Barselona” molyaiviy ahvolini mustahkamlash maqsadida yozgi transferlar davrida ayrim himoyachilarni sotib yuborishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Biroq, ekspertlarni ta’kidlashicha, bosh murabbiy Xans-Diter Flik etakchi o‘yinchilardan hisoblangan frantsiyalik va urugvaylik futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormaydi.

Shunga qaramay, 26 yoshli Kundeni olmoqchi bo‘lgan klub 55 million, 26 yoshli Arauxoning talabgorlari 70 million evro tayyorlab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!