
Suares endi Messidan ham zo‘r!
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Janubiy Amerika qit’asining eng yaxshi to‘purariga aylandi.
“Atletiko” hujumchisi bugun Venesuela (4:1) terma jamoasiga qarshi kechgan JCh-2022 saralash uchrashuvida gol urdi. Shu tariqa u mundial saralashlaridagi gollari sonini 28 taga etkazib oldi va bu borada argentinalik Lionel Messidan (27) o‘zib ketdi.
35 yoshli Suares joriy mavsum "Atletiko" safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar