Stiven Jerrard APL klubini boshqarishi mumkin
- 27-апрел, 13:52
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Sobiq futbolchi va mutaxassis Stiven Jerrard "Börnli" bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati yangi mavsum oldidan jamoani ishonib topshirishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoridan aynan Jerrardni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumki, "Börnli" muddatidan avval Angliya Premier-ligasini tark etdi va kelasi mavsum Chempionshipda ishtirok etadi.
Ayni paytda Jerrard ishsiz. Uning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" jamoasi bo‘lgan, u yerni o‘tgan yil yanvar oyida tark etgandi.
Bundan avval u Shotlandiyaning "Reynjers" hamda Angliyaning "Aston Villa" klublarida ham faoliyat yuritgan.
Angliya premier-ligasi tugashiga to‘rt tur qolganida "Börnli" 20 ochko bilan jadvalda so‘nggidan oldingi o‘rinni egallab turibdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q