
Stipe Miochich: "Temir Maykni sindirib tashlashadi"
Og‘ir vazn toifasi(120 kg)da sobiq UFC chempioni Stipe Miochich bloger Jeyk Pol va boks afsonasi Mayk Tayson jangi haqida gapirdi.
"Bu to‘qnashuvni intiqlik bilan kutyapman. Menimcha, Jeyk dunyoni larzaga keltiradi. U "Temir Mayk" ni sindirib tashlaydi. Men Pol bilan faxrlanaman", - deya Stipening so‘zlarini keltirdi "Middle Easy" portali.
Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson (50-6, 44 KO) va Jeyk Pol (10-1, 7 KO) jangi 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar