Soqqa qilishda Ronalduga etadigani yo‘q!
- 19-январ, 08:29
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Shimoliy Amerikaning nufuzli Sportico nashri 2025 yilda eng ko‘p daromad topgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, pul topishda Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu juda katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.
2025 yilda eng ko‘p maosh olgan 10 nafar sportchi:
- Krishtianu Ronaldu (futbol) — $260 mln
- Saul “Kanelo” Alvares (boks) — $137 mln
- Lionel Messi (futbol) — $130 mln
- Xuan Soto (beysbol) — $129,2 mln
- Lebron Jeyms (basketbol) — $128,7 mln
- Karim Benzema (futbol) — $115 mln
- Stefen Karri (basketbol) — $105,4 mln
- Syohey Otani (beysbol) — $102,5 mln
- Kevin Dyurant (basketbol) — $100,8 mln
- Jon Ram (golf) — $100,7 mln
Qayd etilishicha, Ronaldu ushbu reytingda 2024 yilda ham shunga yaqin daromad bilan yetakchi bo‘lgan edi. O‘sha yili ikkinchi o‘rinni Stefen Karri ($153,8 mln), uchinchi qatorni esa bokschi Tayson Fyuri ($147 mln) egallagan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q