
Son: "Mbappe dunyoning eng yaxshi jamoasida o‘ynamoqda"
"Tottenxem" hujumchi Son Xyon Min "Real Madrid" futbolchisi hisoblangan Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kilian dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birida o‘ynaydi, u erda unga katta bosim o‘tkazilmoqda. Mbappe esa buni juda yaxshi uddalaydi.
Mbappe - o‘yinini eng ko‘p tomosha qilishni yoqtiradigan futbolchilarimdan biri. Saloh, Keyn, Jud va Yamalni ham shunday atagan bo‘lardim" - deya ta’rif berib o‘tdi koreyalik o‘yinchi.
Ma’lumot o‘rnida, Son joriy mavsum "shporlar" safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, Mbappe "qirollik klubi"da 42 ta bellashuvda ishtirok etib, 28 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar