"Slotona reja": "Liverpul" ketma-ket ikki tur antiqa uslubda g‘alaba qozondi
- 26-август 2025, 15:47
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
APL 1-turi doirasida "Liverpul" "Bornmut" bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Qizig‘i, ushbu bellashuvda hisob 2:2 bo‘lib turgan bir paytda Slot zaxiradan Kezani maydonga tushirdi va u jamoasining uchinchi, ya’ni g‘alabani ta’minlovchi goliga mualliflik qildi.
Kecha 2-tur doirasida "qizillar" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi. Bu bellashuvda ham hisob 2:2 bo‘lib turgan paytda Slot 16 yoshli Ngumoani maydonga tushirdi va u 90+10-daqiqada jamoasining g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "Liverpul" har ikki bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlarning gollari evaziga 3 ochko qo‘lga kiritmoqda.
Premier League
vs
Liverpool won after full-time.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q