“Siti“ etakchisi muhim o‘yinlar oldidan jarohat oldi

  • 5 mart, 2022, 00:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti“ futbolchisi Ruben Diash jarohat oldi. Himoyachi taxminan 6 haftaga safdan chiqqani aytilmoqda.

Tecno

“Goal.com“ nashrining xabar berishicha, Diashning “Piterboro“ga qarshi kubok uchrashuvidan so‘ng jarohati jiddiy ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shu tariqa, portugal 6 hafta ichida MYu, “Liverpul“ kabi kuchli raqiblarga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Shuningdek, “shaharliklar“ning yana bir himoyachisi Natan Ake ham Manchester derbisida maydonga tusha olmasligi aytilmoqda. Unda ham kichik jarohat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!