Simeone "Liverpul" bilan o‘yindan avval bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi

  • 16 sentabr, 23:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turi oldidan "Liverpul" haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Ajoyib raqib, go‘zal stadion va murabbiy, jamoani eng yuqori darajaga olib chiqqan. Ular juda kuchli, lekin biz o‘yinni o‘z stsenariymiz bo‘yicha yo‘naltirishga harakat qilamiz. Ikki jamoa maydonga 11 tadan futbolchi bilan tushadi. Balki ular ikkinchi bo‘limda ko‘proq variantlarga ega bo‘lishar, ammo boshidanoq o‘yin 11 ga 11 davom etadi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatish, raqib jarima maydonida qat’iyatli bo‘lish va so‘nggi bahsdagi (2:0 "Vilyarreal"ga qarshi) yo‘nalishda harakat qilishni istayman. Biz o‘sishimiz va jamoa sifatida rivojlanishimiz kerak. Bu go‘zal o‘yin bo‘ladi", – dedi Simeone.

Argentinalik mutaxassis "Liverpul"ning eng kuchli jihatini ham qayd etdi:

"Ular vertikal o‘ynaydi, tezkor hujumlarda mahoratli. Bir qancha uzatmalarga ehtiyoj sezmasdan qanotdan qanotga tez sur’atda o‘ta oladi. Bu juda ham "ochko‘z" jamoa, ularga qarshi o‘ynash oson bo‘lmaydi", – deya qo‘shimcha qildi "matraschilar" murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!