Simeone finaldagi mag‘lubiyatga izoh berdi
- 19-апрел, 10:50
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Madridning “Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone “Real Sosyedad”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalidagi mag‘lubiyatni quyidagicha izohladi.
- Avvalo raqibni tabriklamoqchiman. Biz birinchi goldan keyin yaxshi javob qaytardik, ammo keyin sur’at past bo‘ldi.
Tanaffusda gaplashdik, o‘zgarishlar qildik va kerakli tarzda o‘ynay boshladik. Uchinchi golni urish imkoniyati bor edi, Jonni va Baenada qulay vaziyatlar bo‘ldi.
Qo‘shimcha vaqtda har bir jamoada bitta dan imkoniyat bo‘ldi: Xulianing zarbasi ustunga tegdi va Mussoning seyvini ko‘rdik.
Biz juda munosib o‘ynadik, ammo afsuski, penaltilar seriyasida omad ular tomonida bo‘ldi. Raqib jamoani g‘alaba va sovrin bilan tabriklayman, - dedi Simeone Marca nashriga.
Bu g‘alaba “Real Sosyedad” uchun tarixdagi to‘rtinchisi bo‘ldi.