
Shomurodovning transferi qanchaga tushdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovning klublar miqyosidagi kelajagi tobora oydinlashib bormoqda.
Evropa ommaviy axborot vositalari va nufuzli manbalarning yozishicha, 30 yoshli markaziy hujumchi “Roma”ni tark etib, Turkiyaga yo‘l olishi deyarli hal bo‘ldi.
Taniqli insayder Janluka Di Martsio “Roma” tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, Eldor Shomurodov atrofida bo‘layotgan voqealarni kuzatib, transferga doir ma’lumotlarni muxlislar e’tiboriga havola etib kelmoqda.
Janluka Di Martsio “Roma” va “Bashakshehir”ning o‘zbek o‘yinchisi transferi bo‘yicha o‘tkazgan muzokaralari natijalarini o‘z saytida e’lon qildi. Sports.uz portali ushbu ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralarda “Roma” va “Bashakshehir” o‘zbek legionerining keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga berilishiga kelishgan edi.
Ayni paytda bu masala bo‘yicha muzokaralar so‘nggi bosqichda turibdi va ayrim masalalar bo‘yicha “Roma” klubi tomonidan qo‘yilgan muayyan shartlar tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shomurodov transferi uchun turk klubi ijara muddati uchun 3 million evro to‘laydi. Qo‘shimchasiga futbolchini to‘liq transfer qilish maqsadida yana uch million evro keyinroq “Roma” hisob-raqamiga o‘tkaziladi. Bir million evro miqdorida bonus ham belgilangan.
Shuningdek, “Roma” klubi Shomurodovning keyingi transferidan ulush ham oladigan bo‘ldi.
Endi Eldor Shomurodovning transferini yopish va u bilan xayrlashish uchun “Roma” rahbariyati “Bashakshehir” taklifini qabul qilib, uni tasdiqlashi kutilmoqda, - deb yozdi yangi axborot chiqardi Janluka Di Martsio.
E’tibor qaratiladigan bir jihat bor. Eldor Shomurodov Evropada to‘p tepayotganidan beri uning transferi jamoalarga kutilganidan ko‘proq foyda keltirmoqda. Shu bois, klublar o‘zbek hujumchisi shartnomasiga bonus tizimni joriy qilishni ma’qul ko‘radi.
Bu borada aniq faktlar keltirishni ma’qul topdik. 2020 yilning oktyabrida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov” Eldor Shomurodovni Italiyaning eng qadimiy klubi “Jenoa”ga transfer qiladi. Dastlab, tomonlar o‘zbek hujumchisining transferini 7 million evroga kelishadi. Biroq turli bonuslar va keyingi transferlardan ulushlar orqali bu summa bir mavsumda 9,5 million evroga ko‘tarildi.
Genuya klubi Shomurodovni bir mavsum o‘ynatib, qilgan xarajatini ikki baravar qilib chiqarib oldi. “Roma” o‘zbekistonlik forvard uchun turli bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 19,60 million evro to‘shlashiga to‘g‘ri keldi.
Rim klubida ancha vaqt asosiy tarkibga kiritilmagan, orada “Spetsiya” va “Kalyari” kabi jamoalarga ijaraga jo‘natilgan hamyurtimizning transfer summasi tushib ketganini ta’kidlash lozim. Ayni paytda transfermarkt.world ekspertlari tomonidan besh million evroga baholanayotgan Eldor Shomurodovning transferini Rim klubi ikki million qimmatiga, ya’ni etti million evroga sotmoqda. Legionerimizning keyingi transferida rimliklarning ulushi borligini inobatga olsak, bu summa yana ko‘tarilishi tabiiy.
Fanatlar bosimi boshlandi: Gvardiola, Husanovni o‘ynatasanmi?
Shomurodov transferining so‘nggi shartlari ma’lum bo‘ldi
Gvardiola Husanovni o‘ynatmagani qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi
Tezkor: Shomurodov qaysi jamoani tanladi?
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi
Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!
Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?
Fikrlar