SPORTS.UZ
  • LIVE - O'yinlar
  • Musobaqalar
  • Futbol
  • O'zbek sporti
  • Boks
  • Shaxmat
  • Minbar

O'YINLAR

19:00
Sogdiana
-
Buxoro
SogdianaSogdiana
BuxoroBuxoro
19:00
19:00
Mash'al
-
Dinamo Samarqand
Mash'alMash'al
Dinamo SamarqandDinamo Samarqand
19:00
23:45
Atalanta
-
Genoa
AtalantaAtalanta
GenoaGenoa
23:45
21:00
Como
-
Napoli
ComoComo
NapoliNapoli
21:00
18:00
Udinese
-
Torino
UdineseUdinese
TorinoTorino
18:00
21:30
Fulham
-
Arsenal
FulhamFulham
ArsenalArsenal
21:30
19:00
West Ham United
-
Brentford
West Ham UnitedWest Ham United
BrentfordBrentford
19:00
19:00
Newcastle United
-
Brighton & Hove Albion
Newcastle UnitedNewcastle United
Brighton & Hove AlbionBrighton & Hove Albion
19:00
19:00
Sunderland
-
Wolverhampton Wanderers
SunderlandSunderland
Wolverhampton WanderersWolverhampton Wanderers
19:00
21:00
CSKA Moskva
-
Zenit
CSKA MoskvaCSKA Moskva
ZenitZenit
21:00
18:30
Baltika Kaliningrad
-
Rubin Kazan
Baltika KaliningradBaltika Kaliningrad
Rubin KazanRubin Kazan
18:30
16:00
Rostov
-
Dynamo Makhachkala
RostovRostov
Dynamo MakhachkalaDynamo Makhachkala
16:00
23:00
PSV
-
Ajax
PSVPSV
AjaxAjax
23:00
18:30
FC Köln
-
FC Union Berlin
FC KölnFC Köln
FC Union BerlinFC Union Berlin
18:30
21:30
RB Leipzig
-
Bayer 04 Leverkusen
RB LeipzigRB Leipzig
Bayer 04 LeverkusenBayer 04 Leverkusen
21:30
18:30
Eintracht Frankfurt
-
Hamburger SV
Eintracht FrankfurtEintracht Frankfurt
Hamburger SVHamburger SV
18:30
18:30
FC Bayern München
-
Heidenheim
FC Bayern MünchenFC Bayern München
HeidenheimHeidenheim
18:30
18:30
Werder Bremen
-
FC Augsburg
Werder BremenWerder Bremen
FC AugsburgFC Augsburg
18:30
18:30
VfB Stuttgart
-
TSG Hoffenheim
VfB StuttgartVfB Stuttgart
TSG HoffenheimTSG Hoffenheim
18:30
21:30
Deportivo Alavés
-
Athletic Club
Deportivo AlavésDeportivo Alavés
Athletic ClubAthletic Club
21:30
00:00
FC Barcelona
-
Osasuna
FC BarcelonaFC Barcelona
OsasunaOsasuna
00:00
19:15
Atlético Madrid
-
Valencia
Atlético MadridAtlético Madrid
ValenciaValencia
19:15
17:00
Villarreal
-
Levante
VillarrealVillarreal
LevanteLevante
17:00
22:00
Fenerbahçe
-
İstanbul Başakşehir
FenerbahçeFenerbahçe
İstanbul Başakşehirİstanbul Başakşehir
22:00
20:00
Lorient
-
Paris Saint Germain
LorientLorient
Paris Saint GermainParis Saint Germain
20:00
22:00
Metz
-
Monaco
MetzMetz
MonacoMonaco
22:00
00:05
Nice
-
Lens
NiceNice
LensLens
00:05
18:00
Nantes
-
Olympique Marseille
NantesNantes
Olympique MarseilleOlympique Marseille
18:00
22:00
Famalicão
-
Benfica
FamalicãoFamalicão
BenficaBenfica
22:00
Barcha o'yinlar

Musobaqalar

  • UEFA chempionlar ligasiUEFA chempionlar ligasi
  • OFK Chempionlar ligasiOFK Chempionlar ligasi
  • O'zbekistonO'zbekiston
  • AngliyaAngliya
To'liq jadval

FIDE reyting

№O'yinchiReyting
1GMCarlsen, Magnus2840
2GMNakamura, Hikaru2792
3GMCaruana, Fabiano2788
4GMAbdusattorov, Nodirbek2780
5GMSindarov, Javokhir2776
6GMGiri, Anish2767
7GMKeymer, Vincent2759
8GMFirouzja, Alireza2759
9GMSo, Wesley2754
10GMWei, Yi2753
To'liq jadval
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
Minbar
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Superliganing 11-turi oldidan: hamma g'alaba ilinjida, lekin...
  • Бугун, 00:54
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Eldor Sakaev: "Bu vaziyatdan chiqish qiyin, ammo..."
  • 1-май, 01:11
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Damir Temirov: "Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q"
  • 1-май, 00:50
Barcha bloglar

O'qing, qiziq!

"Dinamo"ga muxlislari tufayli qattiq jazo qo‘llanildi: sektorlar yopildi, klub jarimaga tortildiFutbol
  • 1-май, 14:32
  • 0
"Dinamo"ga muxlislari tufayli qattiq jazo qo‘llanildi: sektorlar yopildi, klub jarimaga tortildi
Gvardiola: PSJ — “Bavariya” o‘yinini ko‘rib, kuldim”Futbol
  • 1-май, 22:52
  • 0
Gvardiola: PSJ — “Bavariya” o‘yinini ko‘rib, kuldim”
“Real” Afrika­dan bosh murabbiy olib keladiFutbol
  • 1-май, 06:59
  • 0
“Real” Afrika­dan bosh murabbiy olib keladi
Pro liga. 6-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishingFutbol
  • 1-май, 22:06
  • 0
Pro liga. 6-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
“Barselona” Reşford o‘rniga 19 yoshli futbolchini olib kelmoqchiFutbol
  • 1-май, 20:00
  • 0
“Barselona” Reşford o‘rniga 19 yoshli futbolchini olib kelmoqchi

Litsenziya

№1002

Ta'sischi

"RENDER SYSTEMS" MCHJ

Manzil

100047, Toshkent sh., Istiqbol ko'chasi, 15

Elektron pochta

info@sports.uz

Telefon

+998 71 233-78-98

Barcha xizmatlar litsenziyalangan, mahsulotlar sertifikatlangan. Sayt materiallarini har qanday shaklda tarqatishda sports.uz ga havola majburiy!

Sayt materiallarini ma'muriyat bilan kelishmasdan nusxalash taqiqlangan! Sayt ma'muriyati saytda joylashtirilgan reklama e'lonlari mazmuni uchun javobgar emas.

  • Google Play
  • App Store
SPORTS.UZSPORTS.UZ
  • Qoidalar
  • Reklama
  • Sayt haqida
  • 18+
Shomurodovdan hammaga xushxabar!
  • #O‘zbekiston
  • #Roma
  • #Eldor Shomurodov
  • #Klaudio Raneri
  • #Atalanta

Shomurodovdan hammaga xushxabar!

  • 1-декабр 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Roma” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovdan yaxshi xabar keldi. 29 yoshli hujumchi jarohatidan to‘liq qutilib, “bo‘rilar”ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Ma’lumki, Eldor Shomurodov noyabrdagi FIFA kunlari doirasida 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirining Qatarga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda shikastlangan edi. Bellashuvning dastlabki daqiqalarida chap soni mushaklarida kuchli og‘riq his qilgan futbolchimiz shifokorlar bir necha marotaba tibbiy yordam ko‘rsatganiga qaramay, bo‘lim o‘rtalarida o‘yinni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Jarohatdan keyin terma jamoa rahbariyati Shomurodovni Rimga qaytarib yubordi. Poytaxt klubi vakillari legionerimizni chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazib, mushaklarida jarohat borligini tasdiqladi va davo choralarini ko‘rdi.

Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kelib qo‘shilgan pallada “Roma” xo‘jayinlari bosh murabbiyni almashtirib ulgurgan edi. Ikki oy ishlagan xorvatiyalik mutaxassis o‘rniga “Kalyari”ni yuqori divizionda olib qolganidan keyin o‘tgan mavsum yakunlanmay turib, faoliyatini tugatganini e’lon qilgan Klaudio Raneri olib kelindi.

Raneri o‘shanda faqatgina “Roma”ning taklifiga yo‘q deya olmasligini aytgan. Oxiri shunday bo‘lib chiqdi. Rimlik mutaxassis sevimli jamoasini mavsum oxirigacha boshqaradi.

Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumni aynan Raneri qo‘l ostida o‘tkazdi va eng muhim uchrashuvlardagi gollari, assistlari bilan “Kalyari”ning A Seriyada qolishiga muhim hissa qo‘shdi.

- “Roma” dushanba kuni “Atalanta” bilan bo‘ladigan uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda. Bosh murabbiy Klaudio Raneri uchun yaxshi xabar. Tajribali murabbiy umumiy guruh mashg‘ulotlarida jarohatidan qutilgan Eldor Shomurodovni kutib oldi. O‘zbek hujumchisi jamoadosh do‘stlari bilan birga shug‘ullandi, - deb yozmoqda   vocegiallorossa.it sayti.

- Ranerida shogirdlarining tayyorgarlik darajasini baholash va ulardan eng yaxshilarini tarkibga jalb qilish uchun hali yana vaqt bor.

Trigoriyadagi mashg‘ulotlarga hujumchi Eldor Shomurodovning qo‘shilgani Klaudio Ranerini xursand qildi. O‘zbekistonlik legioner milliy terma jamoadagi uchrashuv chog‘ida jarohat olgandi. Uning chap oyoq son mushaklari shikastlangani aniqlangandi.

Shomurodov salomatligini to‘liq tiklab oldi, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytib, poytaxt jamoasining hujumkorlik salohiyatini oshirdi, - deb yozmoqda siamolaroma.it sayti eksperti Lorentso Luchani.

- Keyingi paytda “Roma” o‘yinlarida gollarni markaziy himoyachilar – Bryusseldagi bahsda Janluka Manchini, Londondagi uchrashuvda Evan Ndika va Mats Xummels kiritdi.

Umuman olganda, rimliklar A Seriya va Evropa ligasida jami 18 ta bellashuvda raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qildi. Har bir uchrashuvga bittadan gol to‘g‘ri keladi. Shulardan oltitasi Artyom Dovbika, ikkitadani Paulo Dibala va Stefan El-Shaaravi, bittadani Eldor Shomurodov, Tommazo Baldantsi, Brayan Kristante, Nikolo Pizilli, Manu Kone, Matias Sule, Janluka Manchini, Evan Ndika va Mats Xummels hisobga yozilgan.

Endi “Atalanta” bilan bo‘ladigan o‘yin yaqinlashayotgan pallada hujumchilardan Eldor Shomurodov safga qaytdi. O‘zbek hujumchisini unga “Kalyari”da ustozlik qilgan “Roma”ning yangi bosh murabbiyi Klaudio Raneri xursandchilik bilan kutib oldi, - deb yozmoqda laroma24.it sayti.

“Roma” va “Atalanta” o‘rtasidagi uchrashuv 2 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da Rimdagi “Olimpiko” stadionida boshlanadi.

Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynashi kutilmoqda!

“Lans” muxlislari Husanovning superklubga transferiga qanday munosabat bildiryapti?

Fayzullaev transferida “to‘ydan oldin nog‘ora qoqmaylik”!

Ikki superklub Husanov uchun duelga kirishdi

 

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q