Shomurodov bo‘yicha "Roma"ga taklif bildirishgan

  • 21 iyun, 2022, 11:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" safida to‘p tepadigan legionerimiz Eldor Shomurodovga A Seriyaning "Bolonya" klubidan qiziqish bo‘lgan. Bu haqda Italiyaning "Fantamaster.it" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, klub terma jamoamiz sardorini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Biroq rimliklar Shomurodovni ijaraga bermoqchi emas.

"Bo‘rilar" Eldorni kattaroq summa evaziga sotib yubormoqchi, deya xabar bergan yuqoridagi nashr. 

Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz joriy mavsum "Roma" safida barcha musobaqalar doirasidagi 39 o‘yinda 5 gol va 6 assist muallifiga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!