Shomurodov bosh murabbiy Kannavaro terma jamoada qanday o‘zgarishlar qilganini ma’lum qildi
- 6-апрел, 03:20
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov rossiyalik mashhur sobiq futbolchilar Andrey Arshavin hamda Vladislav Radimov bilan bo‘lgan suhbatda bosh murabbiy Fabio Kannavaro jamoada qanday o‘zgarishlar qilganini aytib o‘tdi.
"U o‘zgartirgan asosiy jihatlardan biri — ilgari bizda fizioterapevt yo‘q edi. Murabbiy uni olib keldi, keyinchalik esa dietolog va oshpaz ham jalb qilindi. Albatta, mashg‘ulotlar ham o‘zgardi. U doim yuqori intensivlik talab qiladi, shuning uchun mashg‘ulotlarda ko‘proq charchaymiz, — dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” mart oyida bo‘lib o‘tgan FIFA Series turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q