Shevchenko Shomurodov o‘ynagan jamoani kimlar bilan kuchaytirishi ma’lum bo‘ldi

  • 9 noyabr, 2021, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa”ni qabul qilib olgan Andreya Shevchenko transferlarga alohida e’tibor qaratmoqchi.

Tecno

Ukrainalik mutaxassis birinchilardan bo‘lib, “Manchester Siti”da o‘ynayotgan hamyurti Aleksandr Zinchenkoni transfer qilmoqchi. Aslida Zinchenkoning Angliyaning etakchi klubidan A Seriyaning o‘rtamiyona jamoasiga o‘tishi ortga tashlangan qadam bo‘ladi. Lekin o‘rtasida Andrey Shevchenkoning hurmati turibdi.

Bundan tashqari, Shevchenko qadrdon jamoasi – “Dinamo Kiev”dan himoyachi Vitaliy Mikolenkoni  Shenuyaga olib kelishni rejalashtirmoqla.

“Jenoa”ning yangi bosh murabbiyi nishonida “Milan” yarim himoyachisi Samuel Kastilexo va “Chelsi” hujumkor futbolchisi Kristian Pulishich ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda "Jenoa" tarkibida o‘ynab, 31 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 8 ta to‘p kiritgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
09/11/2021 22:01
Ibrohimhalil Yuldoshovchi