"Shaxtyor" birinchi turda g‘alaba qozondi. Ubaydullaev esa...
- 14-март 2021, 01:05
- Javokhir Azimov
- 0
- Futbol
Belarus Oliy ligasiga start berildi. Bugun 1-turdan o‘rin olgan bir necha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shahzod Ubaydullaev harakat qilayotgan "Shaxtyor" klubi dastlabki tur bahsini "Minsk" jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv soligorskliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Konchilar"ning yagona goliga 83-daqiqada Dembo Darbo mualliflik qildi.
Ushbu bahsni Shahzod Ubaydullaev zaxirada boshladi va 80-daqiqada Gega Diasamidze o‘rniga maydonga tushdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q