
Shaxmat. Vladimir Putin Donald Trampga qarshi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich Rossiya hamda AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida shaxmat o‘yinini tashkil etish haqida gapirdi.
"Ma’lumki, prezidentlar xalqaro siyosat va iqtisodiyotning strategik hamda amaliy masalalari bilan shug‘ullanadi. Biroq ba’zan o‘zaro shaxmat o‘ynashsa ham yomon bo‘lmasdi. Faqat bu o‘yin siyosiy tahlil qilinmasligi kerak. Shaxmat barchani birlashtirishi lozim” - deya Dvorkovichning so‘zlarini keltirdi "Match TV".
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Vladimir Putin va Donald Tramp rossiyalik va amerikalik xokkeychilar o‘rtasida bahs tashkil etish g‘oyasini ilgari surgandi.
Fikrlar