
Shaxmat. Nyu-Yorkda Rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar AQShning Nyu-York shahrida "Rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionati" turniri bo‘lib o‘tadi. Unda umumiy 189 nafar shahmatchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
To‘rtta tadbir bo‘yicha taqsimlangan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 428 500 dollarni tashkil qiladi.
Open Rapid Championship: 550 000 dollar mukofot jamg‘armasi
Open Blitz Championship: 450 000 dollar mukofot jamg‘armasi
Women’s Rapid Championship: 228 500 dollar mukofot jamg‘armasi
Women’s Blitz Championship: 200 000 dollar mukofot jamg‘armasi
Turnirda quyidagi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etishadi:
Abdusattorov Nodirbek - (2740)
Sindarov Javohir - (2655)
Vohidov Shamsiddin - (2540)
Vahidov Jahongir - (2466)
Madaminov Muhiddin - (2456)
Xamdamova Afruza - (2232)
Ushbu nufuzli turnirda ko‘plab shaxmat yulduzlari ishtirok etishadi.
Jumladan:
Magnus Karlsen (2838) - Norvegiya
Fabiano Karuana (2766) - AQSh
Alireza Firuzja (2766) - AQSh
Xikaru Nakamura (2755) - AQSh
Gukesh Dommaradju (2654) - Hindiston
Fikrlar