Shaxmat. Javohir Sindarovga g‘alaba kerak, Nodirbek Yakubboevga durang ham etadi - Jahon kubogi qizg‘in pallasiga kirdi

  • 18 noyabr, 12:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Musobaqa ayni damda qizg‘in pallasiga kirdi. Hozirda 8 nafar shaxmatchi poygada qoldi. Quvonarlisi ulardan 2 nafari o‘zbekistonlik shaxmatchilar.

Bugun chorak finalning javob bahslari bo‘lib o‘tadi. Javohir Sindarov g‘alaba uchun harakat qilsa, Nodirbek Yakubboev uchun durang natija ham yarim final uchun etarli bo‘ladi. Yakubboev chorak finalidagi ilk partiyada g‘alaba qozongandi.

Hamyurtimiz oq donalar bilan Germaniya vakili Aleksandr Donchenkoga qarshi kechgan uchrashuvda ustunlikka erishib, chorak finaldagi ikki partiyadan iborat duelda hisobda oldinga chiqdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!