Shaxmat. Javohir Sindarov xalqaro turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi

  • 26 avgust, 2022, 23:09
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Musobaqada 31 mamlakatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Ular orasida FIDE tasnifida yuqori o‘rinlarni egallab turgan xitoylik Vang Xao (2735 reyting ochkosiga ega), rossiyalik Evgeniy Tomashevskiy (2702), Hindiston vakili Arjun Erigaisi (2689) kabi ancha nomdor grossmeysterlar ham bor edi.

Tecno
BAAning Abu-Dabi shahrida shaxmat bo‘yicha “28th Abu-Dabi International Chess Festival” xalqaro turniri o‘z yakuniga etdi.

Xalqaro turnirda qatnashgan iste’dodli shaxmatchimiz Javohir Sindarov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi va yakunda 2-o‘rinni egalladi. 1-pog‘onani esa 7,5 ochko jamg‘argan hindistonlik Arjun Erigaisi band etdi. Kuchli uchlikka Niderlandiya vakili Jorden Van Forest yakun yasab berdi.

Shuningdek, Abu-Dabi turnirida yana bir nechta shaxmatchimiz o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, Nodirbek Yoqubboev 6,5 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 6 ochko jamg‘argan Shamsiddin Vohidov 20-pog‘onani band etdi. 5,5 ochko to‘plagan Nilufar Yoqubboeva 40-pog‘onani egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Myelin SheathXD
27/08/2022 16:50
Olg'a O'zbekiston!
араббаевич давлат
27/08/2022 11:26
Ёмон эмас.