Shara Bulletning keyingi raqibi ma’lum
- 4-сентябр 2025, 09:02
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
Xabaringiz bor, 22 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida "UFC Fight Night" turniri bo‘lib o‘tadi.
Qiziqarlisi, unda rossiyalik taniqli UFC jangchisi Sharabutdin Magomedov (16-1) ham oktagonga ko‘tarilib, braziliyalik MMA ustasi Paulo Kosta bilan o‘zaro kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Shara Bullet oxirgi jangida Mark-Andre Barrioni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan. Kosta esa "UFC 318" turnirida Roman Kopylovdan ochkolar evaziga ustun kelgandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q