
"Seul" ham Aliboevga xayrlashuv maktubini yo‘lladi
Biroz avval, Ikrom Albioev Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bilan xayrlashganini xabar qilgandik. O‘z navbatida, K Liga jamoasi hamyurtimizning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi va unga omad tiladi.
"Klubimiz futbolchisi Ikrom Aliboevning shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan bekor qilindi. Jamoamizga kerakli paytda muhim yordam berib, ajoyib futbol namoyish etgan Aliboevga katta minnatdorlik bildiramiz. Uning kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlarni tilab qolamiz", - deb yozadi klub rasmiy "Instagram" sahifasi.
Ikrom Aliboev "Seul" tarkibida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar