Sautgeyt APL klubini boshqarishi mumkin!
- 23-октябр 2024, 16:52
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Kristal Pelas" yaqinda bosh murabbiyini o‘zgartirishi mumkin. London jamoasi mavsumni yomon boshladi va sakkizta turdan so‘ng hali g‘alaba qozona olmadi (uchta durang, beshta mag‘lubiyat).
Hozirda "burgutlar" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. "Transfer News Live" nashrining xabar berishicha, agarda Oliver Glasner lavozimidan ozod etilsa, Garet Sautgeyt jamoa boshqaruviga kelishi mumkin. 54 yoshli mutaxassis yozdagi "Evro-2024" turnirdan so‘ng Angliya terma jamoasini tark etgandi va hozirda ishsiz.
Bundan tashqari, rahbariyat Grem Potter va Devid Moyes variantlarni ham ko‘rib chiqadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q