
Saul Alvarez: "Men hamma narsani sinab ko‘rdim, lekin Kroufordning uslubiga qarshi uslub topolmadim"
To‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni, meksikalik Saul "Kanelo" Alvarez amerikalik Terenc Kroufordga qarshi jangdagi mag‘lubiyatini izohladi.
"Biz Kroufordning zo‘r bokschi ekanini yaxshi bilardik. Men qo‘limdan kelganini qildim. Hammasini sinab ko‘rdim, chin dildan harakat qildim, biroq u barcha olqishlarga loyiq. Men hamma narsani sinab ko‘rdim, lekin uning uslubiga qarshi uslub topolmadim" - dedi meksikalik.
Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi va unda Krouford hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi: 116-112, 115-113, 115-113.
Fikrlar