Saul Alvares faoliyatini qachon yakunlaydi?
- 10-апрел 2025, 14:53
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.
"Boksda ko‘p yutuqlarga erishdim. Barcha eng yaxshi jangchilar bilan ringda tengma-teng kurashdim. Turli vazn toifalarida ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritdim. Menimcha, endi to‘xtash vaqti kelmoqda. O‘ylashimcha, 37 yoki 38 yoshda qo‘lqoplarimni mixga ilsam bo‘ladi" - deya meksikalikning so‘zlarini keltirdi "TMZ".
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Alvares navbatdagi jangini 3 may kuni Uilyam Skullga qarshi o‘tkazadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q