
Saudiya Arabistonida Manchinining o‘rnini kim egallaydi?
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy qidirmoqda. O‘tgan yilning avgust oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan italiyalik Roberto Manchini kecha iste’foga chiqarildi.
Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, taniqli frantsiyalik murabbiy Erve Renar yana Saudiya milliy jamoasiga ustozlik qilishi mumkin. 56 yoshli mutaxassis bundan avval Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2019 yilning iyunidan 2023 yilning martigacha boshqargan. Renarning oxirgi ish joyi Frantsiya ayollar terma jamoasi bo‘ldi. U ushbu lavozimni joriy yilning avgust oyida tark etdi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCh-2026 saralashining Osiyo mintaqasida o‘z guruhida peshqadam Yaponiyadan 5 ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar