
Sarrining "Chelsi"ga qaytish rejasiga kim qarshi bo‘lgan edi?
"Chelsi" va "Yuventus" klublari sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri londonliklar boshqaruviga qaytishi mumkin edi.
Frenk Lempard iste’foga chiqarilganidan so‘ng, "ko‘klar" direktori Marina Granovskaya italiyalik mutaxassis bilan muzokara o‘tkazdi, biroq klub rahbari Roman Abramovich Sarrining qaytishiga rozilik bermadi, deya xabar bermoqda Rai Sport.
Sarri 2018/19 mavsumda "Chelsi"ga ustozlik qilgan va jamoa bilan birgalikda Evropa Ligasini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar