
"Santos"da Pelega ehtirom ko‘rsatiladi
Braziliyaning "Santos" klubi yaqin orada logotipini o‘zgartirishi mumkin. Afsonaviy hujumchi Pele sharafiga gerb qismiga toj qo‘shiladi.
82 yoshli Pele dekabr oyi boshidan beri kasalxonada bo‘lib turibdi. So‘nggi kunlarda uning ahvoli og‘irlashdi, chunki saraton o‘sib bormoqda. Bundan tashqari, buyrak va yurak disfunktsiyasi tufayli intensiv davolanish talab qilinadi.
Ma’lumot uchun, Pele futbol tarixida uch karra jahon chempioni bo‘lgan yagona shaxs hisoblanadi. U 1958, 1962 va 1970 yillarda jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Pele FIFA talqiniga ko‘ra 20-asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi, u faoliyati davomida 1279 ta gol muallifi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Fikrlar