Sanjar Tursunov Toshkentda Ukraina vakiliga qarshi jang qiladi

  • 31 mart, 2021, 00:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, 3 aprel kuni Toshkentda tashkil etilayotgan professional boks oqshomida Sanjar Tursunov ham navbatdagi reyting jangini o‘tkazadi. 

Tecno

Uning kimga qarshi jang qilishi borasida esa ma’lumot yo‘q edi. Biroq bunga ham oydinlik kiritildi. Ya’ni, Toshkentdagi tarixiy boks oqshomida ushbu bokschimiz ukrainalik Ivan Yuxtaga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Ukraina vakili professional ringlarda 5 ta jang o‘tkazgan va ularning 3 tasida g‘alaba, bir mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. Ikki g‘alabasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan. Sanjar Tursunov esa ikkita jang va ikki g‘alabani qo‘lga kiritgan holda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda.

Iqboljon Xoldorov 3 aperl kuni Afrika vakiliga qarshi ringga ko‘tariladi 

Mirazizbek Mirzahalilovning ham debyut jangidagi raqibi ma’lum

Bahodir Jalolovning Toshkentda kim bilan jang qilishi ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!