Samir Nasri: "Mourin'yo bunday gapirishga haqli emas"
- 19-феврал, 23:55
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Samir Nasri "Real Madrid" qanot hujumchisi Vinisius Juniornı qoʻllab-quvvatlab, "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni tanqid qildi.
Chempionlar ligasi oʻyinida (1:0) Vinisius 50-daqiqada golini nishonlagani uchun sariq kartochka oldi. U burchak bayrogʻi bilan raqsi orqali golni nishonladi va Janluka Prestianni bilan mojaroğa kirishdi. Braziliyalik futbolchi raqibi uni irqiy haqorat qilganini maʼlum qildi. Uchrashuv irqchilikka qarshi protokol asosida vaqtincha toʻxtatildi. Mourinyo esa oʻyindan keyin: "Qaerda oʻynamasin, u bilan doim nimadir sodir boʻladi", deya fikr bildirdi.
Nasri bu gaplarga javob qaytardi:
– Futbolchini 90 daqiqa davomida hushtakbozlik bilan qarshi olishadi, u esa gol urishni istaydi... Shundan keyin Mourinyo shunday gap aytadi.
U 2010 yilda "Inter" bilan "Barselona"ni yengganida butun stadion boʻylab aylanib chiqqan edi. "Manchester Yunayted"da esa 20 metrgа tizzasi bilan sirpanib, goʻyoki Tyerri Anridek nishonlagan. U bunday gapirishga haqli emas, – dedi fransiyalik mutaxassis.