
Saka: "Vinisius va Mbappe mendan zo‘r emas"
Bukayo Saka o‘zini Vinisius va Kilian Mbappe bilan taqqoslash haqidagi savolga javob berdi.
- Menimcha, bu turli jihatni inobatga olishga bog‘liq. Har kim o‘z fikrini bildiradi. Men bu erda o‘tirib, ular mendan bir pog‘ona yuqori turibdi va shunga o‘xshash gaplarni aytmoqchi emasman, sababi men bunday deb hisoblamayman.
Men shunchaki har kimga o‘z fikrini aytish imkoniyatini beraman, boshqa narsalar esa o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi, - dedi "Arsenal" vingeri.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni "to‘pchilar" Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazadi.
Fikrlar