Sablyachi qizlarimiz ikkinchi o‘rinni egallashdi
- 20-ноябр 2025, 22:21
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Yakkakurashlar
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Sablya bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqada kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Finalda Ozarbayjon bilan bahs olib borgan qizlarimiz 43:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi va delegatsiyamizga kumush medalni taqdim etishdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q