Ruben Nevesh "Inter"ga o‘tishi mumkin!
- 17-ноябр 2025, 09:42
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi va "Inter" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur. Rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan, ammo yarim himoyachi klubini o‘zgartirishga tayyor va Evropaning etakchi ligasida yana o‘zini sinab ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yozida "Al-Hilol" Ruben Neveshni Angliyaning "Vulverxempton" jamoasidan 55 million evroga sotib olgan edi. 28 yoshli futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evro.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q