
RPL. Jamoasi g‘alaba qozongan o‘yinda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohat oldi
Rossiya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3 ochkoga ega bo‘ldi, hisob 1:0.
O‘yin taqdirini hal etgan yagona 61-daqiqada Kalinskiy tomonidan kiritildi. Nikolay 11 metrlik nuqtadan zarba yo‘llashda adashmadi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 73-daqiqada jarohat tufayli zaxiraga olindi. Hozircha, jarohatning qay darajada jiddiyligi ma’lum emas.
Ushbu g‘alaba natijasida "Nijniy Novgorod" ochkolari sonini 14 taga etkazib olgan holda, 7-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar