
Roysning keyingi manzili ma’lum
- 8-август 2024, 04:16
- Suhrob Xolbekov
- 0
- Futbol
Ayni paytda erkin agent bo‘lib turgan Marko Roysning keyingi manzili ma’lum bo‘ldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, hujumkor yarim himoyachi "Los-Anjeles Gelaksi" a’zosiga aylanadi. Shartnoma 2025 yilning so‘nggiga qadar imzolanadi. Bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Tez orada u tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘lga tushadi.
Avvalroq, Roys 12 yillik faoliyatidan keyin "Borussiya"ni tark etdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q