Rossiyalik biznesmen Charlz Oliveyra bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish uchun salkam 100 ming dollar to‘ladi

  • 5 iyun, 2024, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik tadbirkor Roman Shpigel Projeto Neymar Jr instituti tomonidan tashkil etilgan xayriya auktsionida UFC’ning engil vaz toifasida (70 kg gacha) sobiq chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra bilan to‘laqonli mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati uchun 95 ming dollar to‘ladi. Bu haqda MMA Fighting portali xabar berdi.

Tecno

Endi rossiyalik biznesmen Charlz Oliveyra bilan jangchining o‘ziga tegishli Chute Boxe sport zalida mashg‘ulot o‘tkazish huquqiga ega. Shuningdek, u Charlzning jamoasi bilan navbatdagi jangi bo‘ladigan joyga birga ucha oladi.

Avvalroq Maxachev Oliveyrani Dog‘istondagi yig‘iniga taklif qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!