
Rossiyadagi legionerlarimiz "Olimpik"ka qaytishi mumkin. Sababi...
Ayni damda Rossiyada harakat qilayotgan uch nafar legionerimiz O‘zbekistonga qaytishi mumkin. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu haqida o‘z telegram kanalida xabar berdi.
"Xusain Norchaev, Umarali Raxmonaliev, Ibroximxalil Yo‘ldoshevlar yangi mavsumni "Olimpik" safida o‘tkazishi mumkin. Ular bilan shaxsan Temur Kapadze suxbatlashgan. Olimpiya terma jamoasi ustozi legioner maqomidagi shogirdlarini yozga qadar qo‘l ostida bo‘lishi istamoqda.
"Olimpik" va OTJ safida murabbiy yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilarga o‘yin amaliyoti berib Osiyo kubogiga qadar optimal formaga kirib olishiga yordam bermoqchi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar