
Rossiya terma jamoasining Paragvayga qarshi o‘yini boshqa muddatga qoldirildi!
Rossiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bekor qilindi. Tomonlar bellashuv boshqa vaqt oralig‘ida o‘tkazilishi mumkinligi borasida kelishib oldi.
Rossiya futbol ittifoqi va Paragvay futbol assosiatsiyasi Krasnogorskda yuz bergan terakt sabab shunday qarorga kelishgan. O‘yin 25 mart kuni Moskvadagi "VTB Arena"da bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgandi.
"Uchrashuvga chipta sotib olgan muxlislar pulni to‘liq qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Xarid qilingan chiptalarni qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar keyinroq batafsil e’lon qilinadi", - deyiladi Rossiya futbol ittifoqi rasmiy saytida.
Fikrlar