
Rossiya chempionatida porlayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning o‘yini whoscored.com nashri tomonidan baholandi (Foto)
Rossiya chempionatining 17-turida "Nijniy Novgorod" va "Rubin" jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlardan Kalinskiy dublga erishdi, rubinliklarning yagona goliga Dreyer mualliflik qildi. Legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev asosyi tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com bellashuvda harakat qilgan futbolchilarga ball qo‘ydi. Unga ko‘ra Yo‘ldoshev jamoasidagi eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.
Quyida whoscored.com nashri tomonidan qo‘yilgan ballar bilan tanishing:

Fikrlar