
Ronalduga katta rekord ta’timadi
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 13-turida “An-Nasr” safarda Jiddaning “Al-Ittihod” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda mezbonlar Karim Benzema va Stiven Bergveyn gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi.
Riyodliklarning yagona goliga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Bu gol 39 yoshli yulduzga o‘z rekordini yangilash imkonini berdi.
Ronaldu professional faoliyatidagi rasmiy uchrashuvlardagi 916-golini kiritdi. Bu mutlaq rekord hisoblanadi.
Portugaliyalik futbolchi “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted” da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta, “An-Nasr”da 81 ta to‘p kiritgan. Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida 134 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Krishtianu futbol tarixi, terma jamoa, Evropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarining eng zo‘r to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar