
"Ronaldu gol urishdan to‘xtamaydi"
Portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu hamyurti Krishtianu Ronalduning 35 yoshidagi sport formasi haqida gapirdi:
"Uning sport formasi meni ajablantirmaydi, chunki Ronaldu bu borada o‘z ishining ustasi. Agar jarohatlar qiynamasa, u gol urishdan to‘xtamaydi. U yoshi o‘tishining tezligiga salbiy ta’sirini kamaytira olsa, yana ko‘plab gollar ura oladi.
Nazarimda, Italiyada futbolchilarning yoshiga Ispaniyaga qaraganda boshqacha munosabatda bo‘lishadi. Men buni o‘z tajribamdan bilaman. Ispaniyada siz 30-31 yoshda bo‘lsangiz, bitta yomon o‘yindan keyin hamma sizning ishdan ketish vaqtingiz kelganligini ta’kidlaydi. Italiyada esa, sizning sport formangiz birinchi o‘rinda turadi".
Fikrlar